Ma’lumotlar ombori turli manbalardagi axborotni yagona nazorat qilinadigan va boshqariladigan tuzilmaga birlashtiradi. Turli tizimlardan olingan ma’lumotlar yagona saqlash formatiga keltiriladi.
Yechim hisobotlar, hisob-kitoblar, tahlil va qaror qabul qilish uchun dolzarb ma’lumotlardan tezkor foydalanish imkonini beradi hamda tranzaksion tizimga tushadigan yuklamani kamaytiradi.
Mahsulot afzalliklari
Yagona tuzilma
Turli manbalardagi ma’lumotlarni boshqariladigan tuzilmada birlashtirish va ularni yagona saqlash formatiga keltirish.
Aqlli avtomatlashtirish
Ma’lumotlarni yig‘ish va yuklash, vitrinalarni yaratish hamda ichki hisobotlar generatori yoki tashqi BI vositalari yordamida tahliliy hisobotlarni shakllantirish.
Unumdorlik
Tranzaksion tizimga tushadigan yuklamani kamaytirish hamda hisob-kitoblar, tahlil, hisobotlar va qaror qabul qilish uchun ma’lumotlardan tezkor foydalanish.
Ishonchlilik va xavfsizlik
Yagona xavfsizlik quyi tizimi yordamida ma’lumotlarni ishonchli saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish.
Natija
Ma’lumotlarni saqlash
Ma’lumotlar ombori tranzaksion tizimdagi axborot bilan har kuni avtomatik ravishda boyitiladi
Hisobotlarni shakllantirish
Hisobotlar ma’lumotlar ombori negizida moslashtirilgan mijoz ilovasi yordamida shakllantiriladi
Ma’lumotlarning dolzarbligi
Boshqaruv, nazorat-tartibga solish, moliyaviy va statistik axborot hamda hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etiladi
Ma’lumotlar ombori tashkilotingiz faoliyatini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini muhokama qilaylik.